Ta’lim tizimi rivojiga katta hissa qo‘shgan, fidoyi ustoz va tadqiqotchi, jonkuyar rahbar Dilafruz Ahmеdova 2024-yilning 17-noyabr kuni vafot etdi.
U 2022-yildan buyon Shofirkon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida direktor lavozimida samarali faoliyat olib borayotgan edi.
Dilafruz Ahmеdova o‘zining 20 yillik mehnat faoliyati davomida yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yetuk shaxs sifatida tarbiyalashga, milliy qadriyatlarni rivojlantirishga, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etishga munosib hissa qo‘shdi.
Faoliyati davomida Dilafroʻz Ahmеdova Navoiy davlat pedagogika institutining mustaqil tadqiqotchisi sifatida ham ilmiy izlanishlar olib borayotgan edi.
Dilafruz Ahmеdovaning oila a’zolari, yaqinlariga, hamkasblari va shogirdlariga uning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiramiz. Uning nurli xotirasi qalblarimizda abadiy saqlanib qoladi!