O'zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasining 29 yilligiga bag'ishlangan videorolik

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbirlar bo'lib o'tmoqda:

➖Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari tomonidan videorolik tayyorlandi.

➖ Namangan shahridagi Prezident maktabida "Yangi O'zbekiston Baxtnomasi! " nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

➖ Xiva shahridagi Prezident maktabida "Konstitutsiya bilimdoni" zakovat turniri o'tkazildi.

➖  Qarshi shahridagi Prezident maktabida o'quvchilar ishtirokida videorolik tayyorlandi.

➖  Navoiy shahridagi Prezident maktabi hamda Milliy gvardiya boshqarmasi vakillari o'rtasida Sport festivali tashkil etildi.

➖ Termiz shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari tomonidan videorolik tayyorlandi.

➖ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida “Konstitutsiyam – baxtim poydevori” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

➖Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida Zakovat intelektual o‘yini o‘tkazildi.