Ibn Sino maktab-internatining 160 nafar oʻquvchisi taʼtilda xalqaro onlayn olimpiadalar gʻolibiga aylandi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, 2020-yil 24-mart kunidan boshlab Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining maktab-internatning 7-10-sinflari oʻquvchilari biologiya, kimyo, matematika, fizika, informatika, rus tili, ingliz tili, geografiya va boshqa fanlaridan xalqaro hamda Butunrossiya onlayn olimpiadalari (“Obrazovatelnыy portal istochnik”, “Vremya znaniy”, “Jivaya planeta”, “Solnechnыy svet“)da qatnashdilar. Mazkur onlayn olimpiadalar natijalariga koʻra jami 160 nafar oʻquvchilar 1-, 2-, 3-oʻrinlarni egalladi.
Ulardan 34 nafari kimyo, 60 nafari biologiya, 17 nafari algebra, 3 nafari geometriya , 13 nafari rus tili, 8 nafari adabiyot,11 nafari ingliz tili, 5 nafar geografiya, 7 nafari fizika, 1 nafari astronomiya, 1 nafari jahon tarixi fanlaridan sovrinli oʻrinlarni egalladilar va olimpiadalar diplomlari bilan taqdirlandi.
Mamlakatdagi koronavirus bilan bogʻliq vaziyat sabab 2020-yil 16-mart kunidan qoʻshimcha taʼtil (karantin) eʼlon qilingandi. Shu munosabat bilan, oʻquvchilarni taʼtil davrida uyda mustaqil tarzda taʼlim olishlari uchun maktab-internatning fan oʻqituvchilari va pedagog tarbiyachilari tomonidan dars jadvalida belgilangan mavzular asosida onlayn dars mashgʻulotlari va tavsiyalar maktab-internatning rasmiy web-sayti (ibnsino-maktab.uz) va telegram kanallari (@ibnsinomaktabuz va @Ibn sino boarding school) orqali namoyish etib borilishi yoʻlga qoʻyildi.
Shuningdek, @Ibn_Sino_school kanali orqali kimyo fanidan 7-10-sinf oʻquvchilari uchun doimiy ravishda vebinar mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda. Metod birlashmalari raislari masʼulligida fan oʻqituvchilari va amaliyotchi psixolog axborot kommunikatsion texnologiyalaridan keng foydalangan holda oʻquvchilar va ularning ota-onlariga taʼtil paytida farzandlarining taʼlim-tarbiya jarayonini toʻgʻri tashkil etish boʻyicha tavsiyalar berib bormoqdalar.
Masofadan taʼlim berish sifatini yana-da oshirish maqsadida joriy yilning 24-martidan boshlab Onlayn_maktab_Android platformasida 7-10-sinf oʻquvchilari uchun barcha fanlardan onlayn darsliklar, test topshiriqlari, fakultativ mashgʻulotlarni joylashtirish hamda kun davomida sahifalarni yangilab borish yoʻlga qoʻyildi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, ushbu platformada maktab-internatning anʼanasiga aylangan“Tengdosh – tengdoshga“ loyihasi doirasida faol oʻquvchilar tomonidan masofadan oʻqitish amalga oshirilmoqda.