PIIMA rahbariyati Farg‘ona vodiysidagi maktablarga tashrif buyurmoqda

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbariyati Namangan va Andijon viloyatlaridagi agentlik qoshidagi maktablarga tashrif buyurdi.

23-oktabr kuni PIIMA rahbariyati Namangan viloyatidagi Isʼhoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati, prezident maktabi va Andijon viloyatidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida har bir maktabning yutuq va kamchiliklari oʻrganib chiqilib, agentlik tomonidan maktablar faoliyatiga aniq vazifalar belgilab berildi.

Agentlik rahbariyatining vodiy viloyatlari boʻylab agentlik tasarrufidagi maktablarga tashrifi davom etmoqda.