Xabaringiz bor, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga ishga kirish istagida bo‘lgan pedagoglar job.piima.uz sayti orqali ariza topshirishdi.
Joriy yilning 1-iyun sanasiga qadar job.piima.uz sayti orqali qabul qilingan arizalar soni:
Prezident maktablariga - 1318 ta
Ijod maktablariga 89 ta
ixtisoslashtirilgan maktablarga 110 ta talabgor hujjat topshirgan.
Nomzodlarga esa quyidagicha talablar qo‘yilgan edi:
job.piima.uz sayti orqali ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlarning saralash quyidagi bosqichlarda bo‘lib o‘tmoqdi:
Eslatib o‘tamiz, job.piima.uz orqali Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar tanlovi 1-avgustga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan. O‘qituvchilar saralab olingandan keyin avgust oyida ular bilan 4 kunlik malaka oshirish kursi yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur treninglarda xorijiy mutaxasislar bilan birgalikda mahalliy trenerlar ham faoliyat olib borishlari rejalashtirilgan.
job.piima.uz sayti orqali Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga ishga kirish istagida bo‘lgan chet ellik o‘qituvchilar ham ariza topshirganlar. Ta’kidlab o‘tish lozim, chet ellik o‘qituvchilarni saralab olishda ham bir qator talablar mavjud. Jumladan, ularning fan doirasidagi tajribasi, Cambridge Curriculum bilan ishlay olishi, pedagogik yondashuvi hamda iste’dodli bolalar bilan ishlash amaliyoti hisobga olinadi.
Jami ariza topshirganlardan 933 tasi ikkinchi bosqich ya’ni test sinoviga qatnashish imkoniyatini qo’lga kiritdi. Fanlar kesimida hisoblaganda eng ko‘p ingliz tili fani o‘qituvchiligiga arizalar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 270 tasi tanlab olindi. Viloyatlarbo‘yicha topshirilgan arizalardan ikkinchi bosqichga qabul qilinganlari ichida Buxoro viloyati oldingi o‘rinlarda turibdi.
Ikkinchi bosqich va natijalar xususida kelgusida alohida ma’lumot beramiz.
Agentlik axborot xizmati