Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Namanganda ota – onalar bilan uchrshuv - muloqot oʻtkazdi.

 

Taʼlim taraqqiyotni, istiqbolni, mamlakatning ertangi kuni va yuksalishini, kelajak avlolning ilmu maʼrifatli tenglar ichra teng kamol topishini belgilaydi.Shuning uchun ham mamlakatimiz taʼlim tizimida islohot va istiqbol odimlari, yangilanishlar jarayoni hamisha, har qachon eʼtiborda. Yurtimizda COVID - 19 ni yengish boʻyicha keng qamrovli chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Jumladan, taʼlimda uzviylik va uzluksizlikni taʼminlash, taʼlim jarayonlarini muqobil usullarda tashkil etishga erishish bu boradagi muhim jihatlardan sanaladi.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Sarvar Boboxoʻjayev Namangan viloyatida boʻlib, viloyat hokimligi, viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi mutasaddilari bilan hamkorlikda Prezident maktabi oʻquvchilarining ota-onalari, oʻqituvchilar bilan bevosita suhbat oʻtkazildi. Mazkur uchrashuv-muloqotda ota-onalarning pandemiya sharoitida farzandlarini maktabga yuborishlari borasidagi soʻrovnomaga oid savol-javoblar, maktabda taʼlim jarayonlarini tashkil etishda anʼanaviy, yaʼni avvalgidek tartibda maktablar faoliyatini yoʻlga qoʻyish yoki onlayn- maktab orqali oʻqitish kabi masalalar ilgari surildi hamda murojaat yuzasidan fikr almashilib, ularning qiziqtirgan savollariga javob berildi. Yangi oʻquv yilini tashkil etish boʻyicha ota-onalarning fikr-mulohazalari, munosabatlari va yondashuvlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida soʻrovnomalar asosida keng qamrovda oʻrganilib, ularning eʼtibori va muhokamasiga taqdim etilmoqda.

Qayd etish joizki, Namangan shahridagi Prezident maktabiga viloyat miqyosida sakkiz mingga yaqin oʻquvchi yoshlar mazkur maktab oʻquvchisi boʻlish maqsadida imtixonlardan oʻtgan boʻlsalar, ulardan eng salohiyatli, eng bilimli, eng munosib 144 nafari tanlab olingan. Hozirda ushbu maktabda toʻqqiz nafar chet ellik oʻqituvchilar oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.

Namangan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati