Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (PIIMA) tizimidagi Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

 

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (PIIMA) tizimidagi Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan ijod maktabi direktori Shohistaxon Nurmatova davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat, sanʼat va ommaviy axborot vositalari sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoni bilan Shohistaxon Nurmatova “Sogʻlom turmush” medali bilan taqdirlandi.

Shohistaxon Nurmatova taʼlim tizimida 27 yildan beri faoliyat yuritadi. Faoliyat davomida u “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan.

Nurmatova 2017-yildan Muhammad Yusuf ijod maktabiga rahbarlik qilib keladi. Hozirda ijod maktabida 27 nafar oliy maʼlumotli tajribali pedagog kadrlar 310 nafar oʻquvchilarga taʼlim-tarbiya berib kelishmoqda.

Shoxistaxon Nurmatova ijodkor oʻquvchilarning ijod namunalarini keng ommaga yetkazib berishda, radio, televideniye va matbuotda yoritilishida, ilk sheʼriy toʻplamlarini chop ettirishda amaliy yordam berib kelmoqda. Oʻquvchilarga taʼlimning noanʼanaviy usullaridan foydalanib dars mashgʻulotlarini tashkil etish, bahs-munozara, mustaqil yechish va oʻquvchilarni kreativ fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga alohida ahamiyat berib kelmoqda.

Ijod maktabining oʻquvchilari orasida “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni” koʻrik tanlovining respublika bosqichi gʻolibi, “Yilning eng yosh isteʼdodli shoirasi “ respublika koʻrik tanlovi gʻolibi va Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti respublika bosqichi ishtirokchisi, “First High School Model United Nations in Uzbekistan” konferensiyasida ishtirok etib“Eng zoʻr delegat” nominatsiyasida gʻolib boʻlgan, shuningdek Samarqandda oʻtkazilgan “Qizlarjon” sammitida AKT yoʻnalishi ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan yoshlar juda koʻp.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi jamoasi yuqori malakali pedagog, fidoyi va jonkuyar rahbar sifatida keng jamoatchilik orasida, hamkasblari va mahalla ahli oʻrtasida hurmat qozongan Shohistaxon Muhammadjonovna davlat mukofoti bilan chin qalbdan muborakbod etadi. Bu eʼtirof kasblariga boʻlgan sadoqatni yana ham mustahkamlashga va yosh avlodni tarbiyalashdek sharfli mehnatlarida kuch-gʻayratda bardavom boʻlishlariga ishonamiz!