PREZIDENT MAKTABI OʻQUVCHISI XALQARO TAʼLIM GRANTIGA EGA BOʻLDI

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor 
#100_foizlik_grant

⚡️Prezident maktabi oʻquvchisi Fransiyaning nufuzli oliygohiga toʻliq grant asosida oʻqishga kirdi

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchisi Umarbek Anvarov Fransiyaning Ecole Polytechnique universitetining 100 foizlik grantini qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, oʻquvchimiz Edinburgh, Manchester, Warwick va Sheffield universitetlaridan ham qabul xatlarini olgan.

Ma’lumot uchun, Umarbek SAT xalqaro imtihonidan 1560 ball hamda IELTS dan 8 ball sohibi hisoblanadi.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!