Prezident maktabi oʻquvchilari biologiya, kimyo va fizika boʻyicha vebinarlarda ishtirok etadilar

Prezident maktabi oʻqituvchilari joriy yilning yanvar oyida biologiya, kimyo va fizika fanlari boʻyicha bilimlarini oshirish uchun imkoniyatiga ega boʻladilar.

Vebinarlar Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (PIIMA) tomonidan Oxford University Press tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Mazkur vebinarlar doirasida Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktabi oʻqituvchilari joriy yilning 18-yanvaridan 20-yanvariga qadar biologiya, kimyo va fizika fanlaridan darslarda ishtirok etadilar.

Jumladan, vebinar ishtirokchilari Oxford University Pressning biologiya, kimyo va fizika fanlariga oid yangi oʻquv dasturlaridan qanday qilib maksimal natija olish mumkinligi haqida maʼlumot oladilar.

- Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi xorijiy hamkorlar bilan maktab oʻqituvchilari uchun malaka oshirishlari uchun seminarlar tashkil etish ustida muntazam ish olib bormoqda. Bunday mashgʻulotlarda maktab pedagoglari oʻquvchilarga fanni qiziqarli yetkazib berish boʻyicha kerakli bilim va koʻnikmalarga ega boʻladilar. Bilimli mutaxassislar kelajakda tarmoqlar va mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishiga hissa qoʻshishda muhim oʻrin egallaydilar. Bizning oʻqituvchilarimiz esa, yoshlarimiz muvaffaqiyatli boʻlishiga poydevor yaratadilar, — deb taʼkidladi PIIMA direktori oʻrinbosari Amirulla Abdullayev.