PREZIDENT MAKTABI O‘QUVCHISI MAQSADBEK FAYZULLAEV 11 TA XORIJIY OTM TALABASI BO‘LDI

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Maqsadbek Fayzullaev dunyoning 11 ta nufuzli universitetlariga qabul qilindi.

Maqsadbek AQShda joylashgan Arizona universiteti, Iowa Davlat universiteti, St. Edward's universiteti, Illinois college va  Buffalodagi SUNY universitetlaridan hamda Buyuk Britaniyaning Durham universiteti, Lids universiteti, Manchester universiteti,  Birmingham universiteti, Liverpool universiteti va Ispaniyaning Catalonia universitetlaridan taklif olgan.

Maqsadbek AQShda joylashgan uchta nufuzli oliygohdan umumiy hisobda 312 000 dollar miqdoridagi grant sohibiga aylangan.