Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 2-avgust kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

Hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar! 

Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 2-avgust kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

Test jarayonlari 2-avgust kuni soat 18:00 da boshlanadi.  

Eslatib o‘tamiz,  imtihonga belgilangan vaqtdan 1 soat oldin kelish talab etiladi.

Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang.

Talabgorlar tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va yangilangan ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.