Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarovaning "Global markets. Uzbekistan. Special report" jurnalining navbatdagi sonida  "Providing world-class education to the talented people" nomli ingliz tilidagi maqolasi e’lon qilindi

Unda Hilola Umarova Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda "Yangi O‘zbekiston" universitetida yaratilgan sharoitlar, o‘quvchilar erishayotgan yutuqlar haqida so‘z yuritgan. 

"Prezident maktablari g‘oyasi mamlakat iqtisodiyotiga innovatsiyalar olib kira oladigan ilm-fan, muhandislik, ijtimoiy sohalar va siyosatning bo‘lajak yetakchilarini yetishtirishdagi istiqbolli qarashlarning poydevoriga aylandi".

"Prezident maktablari Council of International schools tashkilotiga a’zo bo‘lgan mamlakatdagi birinchi davlat maktabi bo‘ldi".