"PREZIDENT TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGINING YO'NALISHI, TEZKORLIGI VA FAOLIYATIDAGI PRAGMATIZM KISHINI ILHOMLANTIRADI"



⚡️Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasida Prezident ta'lim muassasalari agentligi bilan hamkorlik aloqalari haqida maqola va video e'lon qilindi.

✔️Unda Agentlik rahbari Hilola Umarova va Cambridge University Press&Assessment tashkiloti Bosh direktori Peter Phlipps tomonidan imzolangan hamkorlik shartnomasi haqida ham ma'lumot berilgan.

🔸Hilola Umarova: "Cambridge Assessment International Education tashkiloti eng ishonchli hamkorlarimizdan biridir. Umid qilamanki, ikki tomonlama hamkorlik aloqalari uzoq yillar davom etib, ko'plab yutuqlarga erishamiz".

🔸Peter Phlipss: "Agentlik ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish, o'qituvchilar malakasini oshirish, o'quv dasturlari va imtihonlarni o'tkazish kabi sohalarda doimiy yangiliklar qilmoqda va biz O'zbekiston bilan hamkorligimiz yangi bosqichga ko'tarilganidan xursandmiz"