Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari dunyoning nufuzli oliygohlariga o‘qishga kirishda davom etishmoqda

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Maftuna To‘laganova AQSH dagi Xavier University ga qabul qilindi va 100 000 dollar Presidential scholarship yutib oldi.

Shu bilan birga u qiymati 25 000 dollarga teng bo‘lgan darsliklardan bepul foydalanish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

Aytib o‘tish kerakki, Presidential scholarship – AQSH Taʼlim vazirligining dasturidir. Bu Amerika Qo‘shma Shtatlarida va butun dunyoda “mamlakatning talabalar uchun eng yaxshi mukofotlaridan biri” hisoblanadi.