Qaysi holatlarda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga hujjatlarni qabul qilish rad etiladi?

 

❓Qaysi holatlarda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga hujjatlarni qabul qilish rad etiladi?

➖belgilangan muddatlardan keyin saralash tanlovida ishtirok etish xohishini bildirgan taqdirda;
➖ Prezident maktablari uchun talabgorlarning o‘quv yili natijasiga ko‘ra, matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik baholari a’lo bo‘lmagan taqdirda;
➖talabgor tahsil olayotgan maktabning hududiy mansubligi Prezident maktabining hududiy mansubligiga mos kelmagan holda;
➖maktablarga tanlovdan o‘tish uchun tegishli hujjatlarni to‘liq taqdim etmaganda;
➖shuningdek, chet el fuqarolari Prezident maktabiga hujjatlarni topshirish huquqiga ega emas;
➖umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining beshinchi sinfida o‘qishni to‘liq tamomlagan o‘quvchilar Prezident maktabining 5-sinfida takroran o‘qish istagini bildirgan bo‘lsa.

☎️ Call-markaz: 1206

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun