QIZLAR OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI OʻTKAZILDI

#qizlar_olimpiadasi

 

Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari oʻquvchi qizlari oʻrtasida matematika fanidan olimpiadaning Agentlik bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

🏆Olimpiada davomida o‘quvchi qizlar matematika fanidan yozma ish va test topshiriqlari bajarib, ular orasidan mutlaq g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

➡️Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin:

5-6-sinflar kesimida
🥇1-o‘rin: Mehrimoh Baxtiyorova - Buxoro viloyati, Jondor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
🥈2-o‘rin: Shaxzoda Abdubannayeva - Namangan shahar 1- son ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
🥉3-o‘rin: Dilnura Ziyadullayeva - Samarqand shahar 1- son ixtisoslashtirilgan maktabi.

7-8-sinflar kesimida
🥇1-o‘rin: Dildora Maxkamova - Toshkent shahar, Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
🥈2-o‘rin: Komila Mirzomiddinova - Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
🥉3-o‘rin: Oysha Mirzatillayeva - Toshkent shahar, Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.

9-10-11-sinflar kesimida
🥇1-o‘rin: Niluzarxon Abdurazzoqova - Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
🥈2-o‘rin: Madina Qodirqulova  - Sirdaryo viloyati, Guliston tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
🥉3-o‘rin: Nilufar Sayfullayeva - Buxoro viloyati, Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.

🏆 Gʻoliblar diplom hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.