Qoraqalpog'istonlik ota-onalar va o‘quvchilar! 

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi imtihonlarining uchinchi - chet tili, ona tili va adabiyot, IQ ni aniqlash bo‘yicha test bosqichi 27-iyul kuni bo’lib o’tishini ma’lum qilamiz.

Test jarayonlari Nukus Olimpiya zahiralari kolleji binosida 27-iyul kuni soat 18:00 da boshlanadi.  

Imtihonlar 1 smenada bo'lib o'tadi. 

Eslatib o‘tamiz,  imtihonga belgilangan vaqtdan bir yarim soat oldin kelish talab etiladi.

Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilishingizni so‘raymiz.