"ROBO-CODING" OLIMPIADASI G‘OLIBLARINI TAQDIRLASH MAROSIMI DOIRASIDA TAQDIMOT

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida "Robo-Coding" olimpiadasining Agentlik bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur tadbir doirasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev "Maktablarda sun’iy intellektni o‘qitishning ahamiyati. Yangi avlodni sun’iy intellekt boshqaradigan dunyoga tayyorlash" mavzusida taqdimot qildi. (https://www.facebook.com/share/v/1H2GEP9Vrc/)

Unda sun’iy intellektning istiqboli va tarixi, turli sohalar rivojidagi o‘rni haqida, qolaversa, "Sun’iy intellektni o‘rgatish qanday foyda beradi?", "Sun’iy intellektni ta’limda qanday joriy qilish mumkin?" singari bir qancha savollarga atroflicha to‘xtalib o‘tildi. 

Uchrashuvda mazkur olimpiada ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari bilan bir qatorda Agentlik faoliyati bilan bog‘liq taklif va mulohazalarini bildirishdi