Samarqand Prezident maktabining 2 nafar o‘quvchisi ELPS Xalqaro olimpiadalar g‘olibi bo‘lishdi

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari xalqaro olimpiadalar g‘olibligini qo‘lga kiritishda davom etishmoqda.

Samarqand Prezident maktabining 2 nafar o‘quvchisi ELPS Xalqaro olimpiadalar g‘olibi bo‘lishdi.

2021-yilning 31-oktabr kuni matematika fani bo‘yicha Avstraliyadagi TERRY CHEV Akademiyasining "Seamo" (Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlari matematika olimpiadasi) o‘tkazilgan edi.

Kuni kecha e’lon qilingan natijalarga ko‘ra, olimpiadada Samarqand shahridagi Prezident maktabi 5-sinf o‘quvchilari

Shoxrux Umirzoqov va Kumush Toymasovalar bronza medallari bilan taqdirlandi.