Samarqand shahridagi Prezident maktabida "Yangi O'zbekiston" universitetining taqdimoti bo'lib o'tdi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova, "Yangi O'zbekiston" universitetining faxriy rektori Wolfgang Herrmann, TUM International tashkiloti rahbari Friederika Hettinger Samarqand shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari bilan uchrashishdi. 

Mehmonlar O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar, xususan Prezident maktablari loyihasini alohida e'tirof etishdi.

Uchrashuv davomida o'quvchilar o'z fikr va takliflarini bildirishdi hamda erishayotgan yutuqlari bilan bo'lishishdi. 

Shuningdek, uchrashuv davomida qabul jarayonlari, Agentlik tizimida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so'z yuritildi. 

Shuningdek, shu kuni Samarqand shahridagi Yoshlar saroyida Agentlik tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetining taqdimoti bo'lib o'tdi. Unda mas'ullar yig'ilganlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Shuningdek, mehmonlar uchun maktab hududida hamda Samarqand shahrining Registon va Go‘ri Amir maqbarasi, shuningdek Mirzo Ulug'bek rasadxonasiga ekskursiya tashkil etildi.