Samarqand shahrini “Turkiy sivilizatsiya poytaxti” deb e'lon qilish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi
Samarqand shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish natijalari bo‘yicha Tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi.
Yig‘ilish ishtirokchilari Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammiti deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarni imzoladilar.