#seminar_trening
#Cambridge_sinflari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Renessans_oromgohi
Renessans sogʻlomlashtirish oromgohida Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda matematika fanini Cambridge oʻquv dasturi orqali dars oʻtayotgan oʻqituvchilar uchun "Matematika fanini oʻqitishdagi zamonaviy yondashuvlar" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
➖ Seminar-trening doirasidagi oʻquv-amaliy mashgʻulotlar Agentlik mutaxassislari, xalqaro ekspertlar, Prezident maktablarining ilgʻor xorijiy va mahalliy oʻqituvchilari tomonidan olib borilib, matematika fani darslarini oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan holda tashkil etish, tadqiqotga asoslangan taʻlim masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish, ta’limni innovatsion texnologiyalar bilan boyitish va ilmiy izlanishlarga yo‘naltirish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.
Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimidagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktabda matematika fani Cambridge oʻquv dasturi asosida ingliz tilida oʻqitilmoqda.