SOʻRAGAN EDINGIZ: HUJJATLAR QABULI

#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

❓Farzandimning hujjatlarini 20-iyun kuni ONLAYN shaklda ariza.piima.uz saytiga topshirsak, ishchi guruh tomonidan hujjatlar qayta tahrirlash uchun yuborilganda, ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qancha vaqt beriladi?

✅Prezident maktablariga o‘quvchilarning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan), ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari, baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan) kabi hujjatlari onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

🔖 O‘quvchilarning hujjatlari ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilgandan so‘ng (24 soat ichida) ularga hujjatlar qabul qilinganligi, tahrirlashga yuborilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabar yuboriladi.

❗️E’tibor bering, hujjat topshirishning oxirgi kuni – 20-iyun sanasida hujjat topshirgan talabgorlarning hujjatlari tahrir talab bo‘lsa, faqatgina o‘sha kuni tahrirlab qaytadan yuborishlari mumkin bo‘ladi.

📌 Ya’ni 20-iyun kuni tahrir uchun qaytarilgan hujjatlar shu sanadan boshqa sanalarda qabul qilinmaydi. Sababi, ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 20-iyun soat 00:00 da tugatadi.

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma: https://t.me/jangirov_j/269

☎️ Call-markaz: 1206