STEM FANLARI INGLIZ TILIDA OʻQITILADIGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR

#Qabul_2024
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI STEM FANLARI INGLIZ TILIDA OʻQITILADIGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi. 

📝 Farmonga koʻra, 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab quyidagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktabda STEM fanlarini bosqichma-bosqich ingliz tilida oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi:

➖ Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
➖ Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
➖ Qoʻqon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi;
➖ Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
➖ Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
➖ Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
➖ Dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
➖ Xoʻjayli tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
➖ Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
➖ Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi;
➖ Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
➖ Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabi;
➖ Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.

📶 Mazkur maktablarda STEM fanlari ingliz tilini mukammal biladigan malakali oʻqituvchilar tomonidan toʻliq ingliz tilida olib boriladi.

🪪 Bunda, imtihon asosida qabul qilingan 5-sinf aniq hamda 7-sinf tabiiy fanlar yoʻnalishidagi oʻquvchilar belgilangan sinovlar asosida ingliz tilida oʻqitiladigan sinflarga saralab olinadi.