#maktabimiz_3_yoshda
Agentligimiz tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabi 3 yoshda!
📍Termiz shahridagi Prezident maktabi 2021-yil 1-noyabrda tashkil etilgan.
Oʻtgan muddat davomida mazkur taʼlim maskani oʻquvchilari fan olimpiadalarida va turli tanlovlarda yuqori natijalarni qoʻlga kiritishdi. Maktab bitiruvchilari xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda respublikamizdagi nufuzli oliygohlarga o‘qishga qabul qilindi.
Bu yerda zamonaviy metodlar va texnologiyalarga asoslangan ta’lim tizimi joriy etilgan bo‘lib, yoshlarni innovatsion fikrlash va kreativlikka rag‘batlantirmoqda. Shu bilan birga, o‘qituvchilar jamoasi ham yuqori malakali mutaxassislardan tarkib topgan. Barcha xodimlar o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlashga, ularni har tomonlama yetuk, barkamol avlod sifatida tarbiyalashga katta hissa qo‘shmoqda.
Termiz shahridagi Prezident maktabining 3 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.