Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Aziza Muxtorova chalqancha suzish bo‘yicha "O‘zbekiston kubogi" sohibasi bo‘ldi

Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi Aziza Muxtorova chalqancha suzish bo‘yicha "O‘zbekiston kubogi" sohibasi bo‘ldi.

Joriy yilning 21-26-noyabr kunlari Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan "O‘zbekiston kubogi" musobaqasida Termiz shahridagi Prezident maktabi Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi (suzish bo‘yicha) Muxtorova Aziza faol qatnashib, 50 metrga chalqoncha suzish bo‘yicha 30.01 natijani qayd etdi va faxrli I o‘rinni egalladi.

U, shuningdek,100 metrga erkin suzish bo‘yicha ham 1.00.24 natijani ko‘rsatib, III o‘rin sohibasiga aylandi.