TERMIZ SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA "OCHIQ ESHIKLAR KUNI" OʻTKAZILDI

#ochiq_eshiklar_kuni
#Prezident_maktabi

Agentlik tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabida 2024/2025-oʻquv yili uchun 5-sinfga qabul qilingan 24 nafar oʻquvchi hamda ularning ota-onalari, yaqinlari ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" oʻtkazildi.

Dastlab mehmonlar maktab hayoti, oʻquv va laboratoriya xonalari, kutubxona, oʻquvchilar turar joyi, maktab oshxonasi va boshqa mavjud shart-sharoitlar bilan tanishtirildi. 

Shundan soʻng, oʻquvchilar va ularning ota-onalari Prezident maktabi Konstitutsiyasi, shuningdek, Axloq kodeksi talablari, maktab “Oʻquvchilar turar joyi” nizomi va ichki tartib-qoidalar bilan tanishtirildi hamda ikki tomonlama shartnomalar imzolandi.