“Til — millat koʻrki” shiori ostida “Ochiq dars” tashkil etildi

 

“Til — millat koʻrki” shiori ostida “Ochiq dars” tashkil etildi

2020 yil 6-oktabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining oʻquvchilari va pedagog xodimlar ishtirokida Adiblar xiyobonida 21-oktabr –Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi munosabati bilan “Til — millat koʻrki” shiori ostida “Ochiq dars” mashgʻuloti va Alisher Navoiy haykali yonida tantanali tadbir tashkil etildi.

Ushbu tadbirni maktab-internatning direktori Jamoliddin Kamolov ochib berdi hamda Alisher Navoiyning hayoti va ijodi toʻgʻrisida maʼlumot berib, shoirning qalamiga mansub “Sarvi gulru kelmadi” gʻazalini oʻqib berdi.

Tadbirning dasturiga muvofiq ona-tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari va oʻquvchilar tomonidan “Hamsa” dostonidan “Saddi Iskandariy” asaridan tayyorlangan sahna koʻrinishi namoyish etildi.

Shuningdek, tadbirga taklif etilgan shoir Xumoyun Akbar tomonidan, oʻzbek tilining asoschisi, buyuk adib, shoir, davlat arbobi Alisher Navoiyning ijodi bilan barcha ishtirokchilarni yaqindan tanishtirdi.