Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi Botir Zokirovning "Umid" qo‘shig‘ini ijro etdi.

Botir Zokirovning dilrabo qo‘shiqlari barchani o‘ziga rom etib kelgan. Uning ijrosidagi ko‘plab qo‘shiqlar yillar o‘tsa-da, hamon sevib tinglanadi... Toshkent shahridagi Prezident maktabi 6-sinf o'quvchisi Shavkatjon Qodirov ham O'zbekiston xalq artisti Botir Zokirovning ijrosidan ilhomlanib, "Umid" nomli qo‘shig‘ini ijro etdi. Shuningdek, ushbu diltortar taronaga maktab o'quvchilari videolavha tayyorlashdi, siz ham bahramand bo‘ling.