Toshkentdagi Prezident maktabi oʻquvchisi 108 ming AQSH dollari grant yutib oldi

Toshkent shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Normurodov Anvarjon AQSHning New York shtatida joylashgan Long Island University oliygohida tahsil olish uchun $108.000 miqdoridagi grantni qo'lga kiritdi.

11-sinf oʻquvchisi Normurodov Anvarjon bir necha xorij universitetlariga oʻz hujjatlarini yuborgan edi. Yaqinda xorij universitetlarining biri unga grant taqdim etilgani haqida xabar berdi.