"Uchinchi Renessans - ma’rifatli jamiyat sari"

Agentlik tizimidagi ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma'’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda psixologlari uchun "Uchinchi Renessans - ma’rifatli jamiyat sari" mavzusidagi uslubiy seminarga start berildi.

Bugun yoshlarimizni tarbiyalashda uzluksiz ma’naviy tarbiya tizimini joriy etish juda muhim.

Maktablarimizning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo'yicha direktor o‘rinbosarlari, psixologlar va tarbiyachi - o‘qituvchilari uchun ishlab chiqilgan 3 ta uslubiy qo‘llanma ham xuddi shu maqsadga xizmat qiladi.

Bugungi tadbir doirasida ushbu qo‘llanmalar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Seminar faoliyatiga omad tilayman!

Hilola Umarova,

Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori