XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI TOMONIDAN YANGI OʻQUV YILINI TASHKIL ETISH BOʻYICHA TAQDIM ETILGAN SSENARIY (USULLAR) AGENTLIK (PIIMA) TOMONIDAN HAM KENG JAMOATCHILIK VA OTA-ONALAR MUHOKAMASIGA HAVOLA ETILMOQDA

 

XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI TOMONIDAN YANGI OʻQUV YILINI TASHKIL ETISH BOʻYICHA TAQDIM ETILGAN SSENARIY (USULLAR) AGENTLIK (PIIMA) TOMONIDAN HAM KENG JAMOATCHILIK VA OTA-ONALAR MUHOKAMASIGA HAVOLA ETILMOQDA

Maʼlumki, hali hamon pandemiya butun dunyo miqyosida global xavf boʻlib turibdi.

Tabiiyki, malakatimizda ham xavfni bartaraf etish va COVID - 19 ni yengish boʻyicha keng qamrovli chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Jumladan, taʼlimda uzviylik va uzluksizlikni taʼminlash, taʼlim jarayonlarini muqobil usullarda tashkil etishga erishish bu boradagi muhim jihatlardan sanaladi.

Shuni nazarda tutgan holda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan pandemiya davrida umumtaʼlim maktablarida taʼlim jarayonlarini tashkil etish boʻyicha uch xil ssenariy ilgari surilgan edi.

Bularning birinchisi anʼanaviy, yaʼni avvalgidek tartibda maktablar faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ikkinchisi onlayn maktab orqali oʻqitish, uchinchisi aralash (gibrid) ssenariydan iborat.

Yangi oʻquv yili arafasida turibmiz. Taʼlim jarayonlari yuqoridagi ssenariylardan qaysi biri asosida tashkil etiladi?

Bu borada ota-onalarning fikrlarini oʻrganish muhim ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib xalq taʼlimi tizimlarida mazkur ssenariylar ota-onalar eʼtibori va muhokamasiga taqdim etilmoqda..

Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy murojaatini aholiga keng miqyosda yetkazish maqsadida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Sarvar Boboxoʻjayev Namangan viloyatida boʻldi.

U viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi, shahar va tumanlar xalq taʼlimi boʻlimlari mutasaddilari hamda vakillari bilan birga umumtaʼlim maktablarida boʻlib, ota-onalar bilan bevosita muloqot olib bordi.

Jumladan, Namangan shahridagi 52-, 15-, 31-, 36-umumtaʼlim muassasalari shuningdek, vazirlik va soha vakillari Prezident maktabida ham boʻlib, maktab oʻqituvchilari hamda oʻquvchilarning ota-onalari bilan yaqindan suhbatlashdilar.

Vazirlik murojaati yuzasidan fikr almashib, ularning qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Yangi oʻquv yilini tashkil etish boʻyicha ota-onalarning fikr-mulohazalari, munosabatlari va yondashuvlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida soʻrovnomalar asosida keng qamrovda oʻrganilmoqda.

Namangan viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati