Kuni kecha Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tomonidan “Approaches and techniques of using STEM technologies in foreign language classes” nomli xalqaro ilmiy-amaliy on-layn anjuman tashkil qilindi. Konferensiyada Nukus shahridagi Prezident maktabi chet-ellik oʻqituvchilari Monsi Mokete Richard, Lerato Irine Mashioalane, Gisela Dumm lar ham ishtirok etishdi. Konferensiyada koʻtarilgan asosiy masala STEM fanlarini ingliz-tilida oʻqitishda duch keladigan muammolar va ularning yechimlari, masofadan oʻqitishning ahamiyatli jihatlari toʻgʻrisida tajriba almashindi. Shu bilan birga, Prezident maktabi oʻqituvchilari oʻz prezentatsiyalarida oʻquvchilar bilan birga oʻtkazgan loyihalarni ham namoyish qilishdi.
Quyida oʻqituvchilarimiz tayyorlagan Prezentatsiyalarni ilova qilamiz.
Hurmatli ustozlar ish faoliyatingiz uchun foydali deb topsangiz marhamat tanishib chiqishingiz mumkin.