Xalqaro ta'lim forumida pedagoglarning malaka oshirishlari bo‘yicha zamonaviy metodikalar muhokama qilindi

Xalqaro talim forumi oz ish faoliyatini ikki manzilda – Agentlik va Xalq talimi tizimidagi maktab oqituvchilari uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda va Oliy talim yonalishidagi muassasalar uchun "Yangi Ozbekiston" universitetida davom ettiradi.

Forumning 2-kuni barcha mutaxassislar uchun yalpi majlis bilan boshlanib, unda jumladan Agentlik rahbari Hilola Umarova, Turkiya Milliy talim vazirligi oliy va xorijiy talim boshqarmasi boshlig’i Jemal Yildiz, Самbridge Assessment xalqaro tashkilotining talim boyicha bosh maslahatchisi Stive King, Nottnghem Trend universiteti professori Martin Seviour, Xalqaro talim boyicha Amerika kengashlari vakili Uilyam O‘Roark sozga chiqishdi.

Yalpi majlisda pedagoglarning malaka oshirish, tajriba almashish masalalarining yangi bosqichga otayotgani haqida soz yuritildi.