Xiva shahridagi Prezident maktabida video studiya ochildi

Xiva shahridagi Prezident maktabida video darslar va mashgʻulotlar yozib olish uchun zarur boʻlgan barcha texnik vositalar bilan jihozlangan va AKT bilan toʻliq taʼminlangan video studiya oʻz ishini boshladi. Buning uchun maktabning 2-qavatidan maxsus xona ajratildi. AKT boʻyicha mutaxassis lavozimida ishlovchi malakali xodim bu xonaga masʼul qilib belgilandi.

Butun dunyoda, xususan bizning mamlakatimizda ham roʻy berayotgan pandemiya sharoitida ONLAYN dars oʻtish jarayonini tashkillashtirishda ushbu qulaylik fan oʻqituvchilariga juda qoʻl kelmoqda.

Maktabda tashkil qilingan ijodiy guruh va xorijlik mutaxassislar bilan birgalikda har kuni oʻnga yaqin video darslar yozib olinib, shu yerning oʻzida montaj qilish ishlari ham bajariladi. Bu esa maktab oʻquvchilari uchun tashkil qilinayotgan video darslarni har tomonlama sifatli tayyorlanishi hamda vaqtni tejashda asosiy zamin boʻlishiga erishildi.

Prezident maktabi pedagoglari ushbu yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga sidqidildan harakat qilmoqdalar.