2-Xalqaro ochiq astronomiya olimpiadasida oʻzbekistonlik oʻquvchilar 1 ta kumush, 3 ta bronza medallari hamda 1 ta faxriy yorliqni qoʻlga kiritdi.
Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning olti nafar iqtidorli oʻquvchilari 2-Xalqaro ochiq astronomiya olimpiadasida (OWAO 2023 (https://owao2023.siriusolymp.ru/)) ishtirok etish uchun Rossiyaning Sochi shahriga joʻnab ketgan edi.
14-21-noyabr kunlari Sochida o‘tkazilgan mazkur olimpiadada gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarimiz bilan tanishing:
Abdulloh Abdurashidov – KUMUSH;
Abdulloh Mamaniyozov – BRONZA;
Ozodbek Ravshanov – BRONZA;
Nurbek Rayimov – BRONZA;
Muhammadamin Qurbonov – FAXRIY YORLIQ.
Quyidagi havola orqali olimpiadaning yopilish marosimini ko‘rishingiz mumkin:
https://www.youtube.com/watch?v=kwnPV4QNlvU
Oʻquvchilarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!