#ilmiy_konferensiya
#diffusion_fundamentals
📣 “Yangi O‘zbekiston” universitetida o‘tkaziladigan “Diffusion Fundamentals-X” xalqaro ilmiy konferensiyasi boshlandi
⚡️ Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ochib berdi.
🟢 Tadbirda Buyuk Britaniya, AQSH, Germaniya, Fransiya va Avstriya kabi davlatlarning dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi 25 nafar universitet Prezidentlari, olimlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.
✔️ Konferensiyaning ilk marta mamlakatimizda o‘tkazilishi mahalliy tadqiqotchi-olimlar uchun katta imkoniyat hisoblanadi. Xususan, kimyo, fizika, kompyutersozlik va matematika bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib borayotgan mahalliy tadqiqotchi-olimlar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini xalqaro miqyosdagi olimlar bilan muhokama qilish orqali yanada yaxshilash imkoniga ega bo‘ladi.
❗️ Eslatib oʻtamiz, konferensiya 3 kun davom etadi.