“Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” nomli amaliy seminar tashkil etildi.

Prezident ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan ayni vaqtda respublikamizda faoliyat olib borayotgan ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar rahbar kadrlari uchun “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” nomli amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirni ochib berish uchun so‘z olgan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova ushbu treninglar faqatgina malaka oshirish yoki qiligan ishlarni tahlil qilish uchungina emas, balki istiqboldagi rejalarni kelishib olish uchun ham tashkillanganini alohida ta’kidladi. 

Shuningdek, agentlik rahbari o‘z nutqida Yurtboshimiz tomonidan yoshlarning, ayniqsa, ijodkor yoshlarning har tomonlama shakllanishi uchun barcha imkoniyatlar yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samarasi o‘laroq, ijod maktablari tashkil etilganini, bu butunlay yangi tarmoq bo‘lib, jahon ta’lim tizimi tarixida ham mavjud emasligiga ham urg‘u berdi. 
“Aytingchi, biz ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar oldiga qo‘yilgan vazifalarni qay darajada bajarmoqdamiz?”- keski savol tashladi agentlik rahbari Hilola Umarova. 
Shundan so‘ng, statistik ma’lumotlar asosida maktablar faoliyatiga nazar tashlandi. Qoniqarsiz deb topilgan maktablar rahbarlariga alohida topshiriqlar berildi. Yana aytib o‘tildiki, 2021- yilda mamlakatimizda 3ta ijod maktabi tashkil etiladi. 13ta hududda Muhammad al-Xorazmiy, Abu ali ibn Sino maktablarinig filiallari ochiladi. 

Ayni vaqtda davom etayotgan tadbirda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar direktorlarining qilingan ishlar, erishilgan natijalar va muammolar yuzasidan taqdimotlari tinglanmoqda.