”9Li va 9He yadrolarining rezonans holatlarini uzatilish reaksiyalari orqali o‘rganish" nomli tadqiqot loyihasi Kanadadagi nufuzli TRIUMF tadqiqot markazi tomonidan tashkillashtirilmoqda va 10 kun davom etadi. O‘zbekistonlik olimlar va talabalar guruhiga "Yangi O‘zbekiston" universiteti professori, fizik Alisher Sanetullayev boshchilik qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur loyihada turli davlatlardan, xususan amerikalik, yaponiyalik, germaniyalik va kanadalik olimlar qatnashishmoqda. TRIUMF markaziga bu kabi tadqiqotlar uchun bir yilda 50 million dollardan ko‘proq mablag‘ sarflaydi. Pandemiya sharoitidan kelib chiqqan holda loyiha gibrid tarzida tashkil etilgan, o‘zbekistonlik tadqiqotchilar unda onlayn ishtirok etishmoqda.