Yaponiya elchisi bilan uchrashuv


Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Yaponiyaning O'zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Fujiyama Yashinoraishtirokida Yaponiya hukumatining "Inson xavfsizligini ta'minlash bo'yicha kichik miqyosli ijtimoiy loyihalarga beg'araz yordam" dasturi asosida jihozlangan xonalarning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Ushbu dastur doirasida ijod maktabiga 43.600 AQSh dollari miqdorida grant mablag‘i ajratildi va maktab-internatda tillarni o‘qitish uchun 4 ta xona eng so‘nggi rusumdagi axborot kommunikasion texnologiyalari hamda zamonaviy sinf jihozlari bilan ta'minlandi. 


Ibrat maktabida o'tkazilgan tadbiriga viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Tolibjon Yusupov hamda tuman hokimi Zulayho Mahkamovalar ham taklif qilindi.

Ochilish marosimi badiiy chiqishlarga boy bo'ldi. Ibrat maktabining o'quvchilari o'z chiqishlari bilan yig'ilganlarga o'zgacha kayfiyat bag'ishlashdi.

Janob Fujiyama Yashinori maktab xonalari juda ham zamonaviy va yuqori sifatda ta'minlanganini hamda kompyuterlar ham xuddi Janob Yashinori ofisidagi kabi sifatli ekanligini ta'kidladi. Elchi janoblari kelgusida ta'lim sohasida Yaponiya hukumati bilan  hamkrolikni davom ettirishimizni ta'kidlab o'tdi.