“Yashil makon” loyihasi doirasida Registon maydonida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi

Bugun Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammiti doirasida a’zo va kuzatuvchi maqomidagi mamlakatlar rahbarlari ishtirokida “Yashil makon” loyihasi doirasida Registon maydonida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.

Qayd etish kerakki, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan Vengriya va Turkmaniston davlatlari poytaxtlarida ham bir vaqtning o‘zida ko‘chat ekish tadbirlari uyushtirildi.

Bugunning o‘zida  O‘zbekistonda 2,5 mln. dona daraxt ko‘chatlari ekildi.