YINGHUA GROUP VA YINGHUA ACADEMY VAKILLARI BILAN MUZOKARA

 

 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati Xitoy davlatining Yinghua Group va Yinghua Academy vakillari bilan muzokara oʻtkazdi. 

Agentlikka Yinghua Group va Yinghua Academy bosh direktori Syangyang Lin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. 

Tashrif doirasida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev va Yinghua Group va Yinghua Academy bosh direktori Syangyang Lin oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzaro muloqotda A.Ubbiyev Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida boshqa sohalar qatori taʼlim yoʻnalishida ham hamkorlik aloqalari rivojlanayotgani, xususan, mazkur uchrashuv ham amaliy hamkorlik sifatida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. 

Uchrashuvda Agentlik tizimida tashkil etilishi rejalashtirilgan xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab va unda ikkinchi til sifatida xitoy tilini oʻqitish masalalari, xalqaro fan olimpiadalari va ilmiy-amaliy konferensiyalar boʻyicha maʼlumot almashinuvi, oʻquvchilar va oʻqituvchilar almashish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilinib, ikkitomonlama hamkorlikning yangi bosqichiga oid harakatlar rejasi kelishib olindi.

Shuningdek, muloqot doirasida Agentlik hamda Yinghua Group va Yinghua Academy faoliyatiga oid taqdimotlar oʻtkazildi.