Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan uchinchi tashabbus - yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni etish maqsadida, Toshkent shahridagi Prezident maktabida “Compyuter club” toʻgaragi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Mazkur toʻgarak faoliyati davomida oʻquvchilarimiz zamonaviy 3D printeridan unumli foydalanib, shaxmat donalarini oʻz dizaynlari asosida yaratishga muvaffaq boʻlishdi.
3D texnologiyalarining bugungi jadal rivojlanish davridagi afzalliklari qoʻlda ishlashni va qogʻozga chizmalar chizish va hisob-kitoblarni amalga oshirish zarurligini butunlay yoʻq qilishga imkon beradi. Chunki dastur orqali ekranda barcha burchaklardagi modelni koʻrish mumkin va yaratilgan kamchiliklarni qoʻlda ishlab chiqish emas, balki toʻgʻridan-toʻgʻri kompyuterda ishlab chiqish va bir necha soat ichida model yaratish imkonini beradi. Shuningdek, qoʻlda ishlashga xos boʻlgan xatolar ehtimoli deyarli chiqarib tashlanadi. Bugungi kunga kelib inson faoliyatining deyarli barcha sohalarida 3 D printerlarini ishlatish imkoniyatlari chindan ham cheksizdir. Iqtidorli oʻquvchilarimiz ham toʻgarak faoliyati davomida bu imkoniyatlardan keng foydalangan holda oʻz gʻoyalari asosida yangidan yangi modellar yaratish yoʻlida izlanishda davom etadi