"Zukko kitobxon" intellektual turniri

Joriy yilning 1-aprel sanasida yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning ijtimoiy-ma’naviy bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab internatining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Zukko kitobxon” intellektual turnirining maktab bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu turnirni munosib o‘tkazish maqsadida ishchi guruh tashkil etilgan edi. Ushbu turnirga ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Sh.Qarshiyeva va ijod maktabi kutubxonachisi M.Abduqunduzova hakamlik qilishdi.

“Zukko kitobxon” intellektual turniri nizomiga asosan o‘quvchilar quyidagi kitoblar asosida tayyorgarlik ko‘rishlari lozim edi:

1)   “Bolalik xotiralarim” qissasi (Oybek);

2)   “Nido” doston-ertak (Erkin Vohidov);

3)   “Alvido, bolalik” (Toxir Malik);

4)   “O‘n beshli yoshli kapitan” (Jyul Vern);

5)   “Oq kema” qissasi (Chingiz Aytmatov);

6)   “Ikki karra ikki – besh” (O‘tkir Xoshimov).

Yuqoridagi keltirilgan asar va qissalar asosida o‘quvchilar turli xil savollarga javob berishdi. Turnir ancha qizg‘in va murosasiz kechdi. Turnirda barcha o‘quvchilar faol qatnashishdi.

“Zukko kitobxon” intellektual turnirining maktab bosqichi yakuniga ko‘ra quyidagi 6 o‘quvchi g‘olib bo‘lishdi va shahar bosqichiga yo‘llanma olishdi:

1)   Karimov Abror – 9-sinf

2)   Mamatova Manzura – 9-sinf

3)   Irisqulova Fayziniso – 9-sinf

4)   Abduhakimova Mashhura – 9-sinf

5)   Omonova Diyora – 9-sinf

6)   Abdutolipova E’zoza – 9-sinf

 Bunday turnirlar o‘quvchilarning jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirib, ularning dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytiradi hamda yoshlarningkitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.

 S.Obidov, Ijod maktabi yoshlar yetakchisi