5 tashabbus amalda

 

Joriy yilning 27 aprel kuni Nukus shahridagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida o'quvchilar orasida "Ayaziy bilimdonlari" nomli tanlov bo'lib o'tdi.Tanlov 3 shartdan iborat bo'lib, o'quvchilar har bir shartni bajarish jarayonida o'z bilim darajalarini va ziyrakliklarini namoyish etishdi. Tanlov hakamlar hay'ati sifatida qatnashgan QDU filologiya fanlari nomzodi, dotsent B.Ubaydullaev, 32-sonli maktabning oliy toifali qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o'qituvchisi X.Qudaynazarovalar tomonidan odil baholab borildi. Tanlov yakunida yuqori natija ko'rsatgan o'quvchilar 6-may kuni bo'lib o'tadigan taqdirlash marosimida e'lon qilinadi va mukofotlanadi.