9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda "9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni" munosabati bilan "Korrupsiya - rivojlanishimizga tosiq" mavzusida tadbirlar 10 kunligi bolib otmoqda. 

Xususan, Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasi vakillari ishtirokida “Korrupsiya - taraqqiyotga gov” mavzusida seminar tashkil qilindi. Seminarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boyicha amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar, bu borada qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatiga alohida toxtalib otildi.

Abdulla Oripov nomli ijod maktabida, korrupsion xatarlarni oldini olish va bartaraf etish, sohaga zamonaviy aksilkorrupsion tizimlarni joriy etish boyicha huquq-targibot idoralari xodimlari, mutaxassislari ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" otkazildi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida "Korrupsiya rivojlanishimizga tosiq" mavzusida ochiq dars otkazildi. Dars debat tarzda tashkil etilib,  unda oquvchilar mavzuga oid oz fikr-mulohazalarini erkin bayon etdilar. 

Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijo maktabida "Korrupsiya taraqqiyotimizga tosiq" mavzusida tadbirlar on kunligi doirasida davra suhbati otkazildi. Korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, jamiyat va davlat taraqqiyotiga ta'siri borasida tushunchalar berildi. 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ma’rifiy suhbat tashkil etildi. Tadbirda oquvchilarga korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi omillar va ularni bartaraf etish boyicha ma'lumotlar berildi. Shuningdek, huquqshunoslar maktab pedagogik jamoasi tomonidan berilgan savollarga javob berib, oz fikr-mulohazalarini bayon qildilar.