Vazifaviy majburiyatlari:
- Olimpiadalarni tashkil qilish shoʻbasining ish jarayonini tashkil qilish va yuritish;
- Agentlikning boshqa bo‘limlari bilan faoliyat uzviyligini taʼminlash, shoʻba faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash;
- Agentlik tasarrufidagi maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilarning Respublika va xalqaro olimpiadalarda ishtirokini tashkil qilish bo‘yicha o‘quvchilarni saralash mexanizmini ishlab chiqish va taʼminlash;
- fan olimpiadalarini yagona ilmiy-uslubiy yondashuv asosida adolatli, ochiq va shaffof o‘tkazish hamda monitoringini yuritish jarayonini tashkil etish;
- fan olimpiadalari va turli tanlovlarni tashkil qilish yuzasidan chet el tajribasini o‘rganib, monitoringini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirib borish va amaliyotga tatbiq qilish;
- fan olimpiadalari uchun tayyorlanadigan nazariy va amaliy topshiriqlarning davlat va xalqaro taʼlim standartlari va o‘quv-metodik majmualariga tayangan holda tayyorlanishi hamda baholanishini amalga oshirishni taʼminlash;
- Agentlik tasarrufidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida fan musobaqalari, ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishini muvofiqlashtirish.
Malaka talablari:
- kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot;
- kamida 3 yillik umumiy ish stajga ish tajribasiga ega bo‘lishi;
- chet tillaridan biri ingliz tilini boshlang‘ich darajada bilishi;
- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ish jarayonida erkin foydalana bilishi.
Ma'qullanadi:
- tashkilotchilik, yetakchilik;
- sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan mukammal ishlay olish; yaratilayotgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish va nazorat qila bilish;
- davlatimizning Agentlik tizimiga oid va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi, ish faoliyatiga tatbiq qila bilish;
- jamoada sog‘lom maʼnaviy muhitni shakllantirish, ahillik va inoqlikni mustahkamlash bo‘yicha faoliyat yuritish;
- sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilish
Hujjatlaringizni quyidagi elektron manzilga d.talipova@piima.uz, f.valiyeva@piima.uz yuborish talab etiladi.
Izox: Tavsiya etilayotgan nomzodning o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi (spravka-obyektivka), diplom nusxasi, pasport nusxasi va mob.tel. raqami ko‘rsatilishi kerak.
Eslatma: lavozimga tanlov asosida ishga qabul qilinadi.