Vakant lavozim
Iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘lim yetakchi mutaxassis

  • Olimpiadalarni tashkil qilish shoʻbasining ish jarayonini tashkil qilish va yuritish;
  • Agentlikning boshqa bo‘limlari bilan faoliyat uzviyligini taʼminlash, shoʻba faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli axborotlarni yig‘ish, tahlil qilish va hisobotlar tayyorlash;
  • Agentlik tasarrufidagi maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilarning Respublika va xalqaro olimpiadalarda ishtirokini tashkil qilish bo‘yicha o‘quvchilarni saralash mexanizmini ishlab chiqish va taʼminlash;
  • fan olimpiadalarini yagona ilmiy-uslubiy yondashuv asosida adolatli, ochiq va shaffof o‘tkazish hamda monitoringini yuritish jarayonini tashkil etish;
  • fan olimpiadalari va turli tanlovlarni tashkil qilish yuzasidan chet el tajribasini o‘rganib, monitoringini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirib borish va amaliyotga tatbiq qilish;
  • fan olimpiadalari uchun tayyorlanadigan nazariy va amaliy topshiriqlarning davlat va xalqaro taʼlim standartlari va o‘quv-metodik majmualariga tayangan holda tayyorlanishi hamda baholanishini amalga oshirishni taʼminlash;
  • Agentlik tasarrufidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida fan musobaqalari, ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazilishini muvofiqlashtirish.

  • kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumot;
  • kamida 3 yillik umumiy ish stajga ish tajribasiga ega bo‘lishi;
  • chet tillaridan biri ingliz tilini boshlang‘ich darajada bilishi;
  • zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ish jarayonida erkin foydalana bilishi.

  • tashkilotchilik, yetakchilik;
  • sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan mukammal ishlay olish; yaratilayotgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish va nazorat qila bilish;
  • davlatimizning Agentlik tizimiga oid va bolalar huquqlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarini bilishi, ish faoliyatiga tatbiq qila bilish;
  • jamoada sog‘lom maʼnaviy muhitni shakllantirish, ahillik va inoqlikni mustahkamlash bo‘yicha faoliyat yuritish;
  • sanitariya-gigiyena talablari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilish.
Anketa yuborish