Xabarimiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning mart oyida beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Bu – yoshlarni madaniyat, sanʼat va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash vazifalarini oʻz ichiga oladi.
Toʻrtinchi tashabbus – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha ham koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, "Tong yulduzi" bolalar va o'smirlar gazetasining joriy yildagi 4-sonida Ogahiy ijod maktabining 9-sinf oʻquvchisi Ravshanbekova Gulmiraning "Yuragim parchasi" nomli she’ri bosilib chiqdi.
Shu bilan birga ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish boʻyicha ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda, natijalarga erishilmoqda.
Xususan, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi Aliqulov Farhod Toshkent shahri bo'yicha Pencak Silat sport turida 78+ kg vazn toifasida kurashib, 1-darajali DIPLOM bilan taqdirlandi.
O‘quvchi yoshlarning erishayotgan bu yutuqlari olib borilayotgan ishlar samarasi sifatida namoyon bo’lmoqda.