#qabul_2023
#Ijod_maktablari
📣DIQQAT, E’LON 📣
📆 Ijod maktablarida ijodiy imtihonlar 11- iyul kuni boshlanadi!
📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.
❗️Ijod maktablariga saralash imtihonlari uch bosqichda bo‘lib, yo‘nalishlar bo‘yicha saralash imtihonlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ona tili yo‘nalishi bo‘yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy matn yaratish
2️⃣-bosqich: ijodiy suhbat
3️⃣-bosqich: test sinovi (ona tili va adabiyot, chet tili hamda intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test).
Xorijiy til yo‘nalishi bo‘yicha:
1️⃣-bosqich: ijodiy matn yaratish
2️⃣-bosqich: ijodiy suhbat
3️⃣-bosqich: test sinov (chet tili, ona tili va adabiyot, IQ ni aniqlash bo‘yicha test).
Xorijiy til yo‘nalishida ijodiy imtihonlar xorijiy tilda o‘tkaziladi.